Agro Finans Lizing аksiyadorlik jamiyati
Lizingga elektromobil
“Paxta Lizing” AJ ta’sis yig’ilishining 2006-yil 22-fevraldagi qarori bilan tashkil etilgan va 2006 yil 17-martda Toshkent shahri, Chilonzor tumani hokimligi xo’jalik yurituvchi subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyasi tomonidan 001827-08-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.
“Paxta Lizing” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining 2019-yil 11-oktabrdagi qaroriga muvofiq kompaniya “Agro Finans Lizing” AJ deb qayta nomlandi va 2019-yil 15-oktabrdagi 2512822-son, Chilonzor tumani, Toshkent shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan ro’yxatdan o’tkazildi.
Jamiyat Ustavining yangi tahriri aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig ‘ilishida 2021-yil 21-mayda tasdiqlangan va Toshkent shahar davlat xizmatlari agentligi boshqarmasi, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2021-yil 28-mayda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 001827-08-son bilan ro’yxatdan o’ tkazilgan.