Jamiyat haqida

“Paxta Lizing” AJ ta’sis yig’ilishining 2006-yil 22-fevraldagi qarori bilan tashkil etilgan va 2006 yil 17-martda Toshkent shahri, Chilonzor tumani hokimligi xo’jalik yurituvchi subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyasi tomonidan 001827-08-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.

“Paxta Lizing” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining 2019-yil 11-oktabrdagi qaroriga muvofiq kompaniya “Agro Finans Lizing” AJ deb qayta nomlandi va 2019-yil 15-oktabrdagi 2512822-son, Chilonzor tumani, Toshkent shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan ro’yxatdan o’tkazildi.

Jamiyat Ustavining yangi tahriri aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig ‘ilishida 2021-yil 21-mayda tasdiqlangan va Toshkent shahar davlat xizmatlari agentligi boshqarmasi, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2021-yil 28-mayda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 001827-08-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.

Jamiyat faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

O’z mablag’lari va (yoki) jalb qilingan mablag’lar uchun turli xil moddiy va nomoddiy aktivlarni, ko’char va ko’chmas mulkni sotib olish va ularni lizing shartnomalari asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berish;

O’zbekiston Respublikasi bozorini xalq iste’molining sifatli tovarlari, import o ‘rnini bosuvchi va eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar bilan to’ldirishga yordam beradigan sifatli lizing xizmatlari ko’rsatish;

Lizing oluvchilarga lizing shartlari asosida ilg’or texnologiyalar va uskunalardan qisqa va uzoq muddatli foydalanish uchun taqdim etish;

Intensiv bog ‘lar va uzumzorlar barpo etish va ularni xo’ jalik yurituvchi subyektlarga, jismoniy shaxslarga sotish (tayyor holda);

Tomchilatib sug’orish, sprinklerli sug’ orish texnologiyalarini joriy etgan holda yerlarni tayyorlash va ularni xo’jalik yurituvchi subyektlarga, jismoniy shaxslarga sotish;

Ulgurji va chakana savdo.

Kompaniya respublikaning fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalariga zamonaviy xorijiy va mahalliy qishloq xo’jaligi texnikasi va ehtiyot qismlari, shinalar, shuningdek qishloq xo’jaligi texnikasi uchun har xil turdagi asbob-uskunalar, kultivatorlar, shudgorlar yetkazib berish bilan shug’ullanadi.